"Dinamo" Mahmud Mahamadjonov bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025
Superliga-2025 yilgi mavsumining ikkinchi qismida "Dinamo" sharafini himoya qilgan Mahmudjon Mahammadjonov jamoadan ketdi.

22 yoshli himoyachi yozda "Paxtakor"dan ijaraga olingan edi va kelishuv muddati yakuniga etgach, klubiga qaytdi. 

Qayd etish joiz, Mahmud samarqandliklar libosida 14 o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq "Paxtakor" uni ortga qaytarayotgani haqida xabar bergan edik. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати