

Bu haqda futbol jurnalisti Matteo Moretto yozmoqda.
Insayder ma'lumotiga ko'ra, Dibalaning Italiyaning "Roma" klubini tark etishi ehtimoli juda yuqori, endi klubdagilar unga katta umid bildirmayapti.
Morettoning takidlashicha, Dibala "Boka Xuniors" bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfer 2026 yil yozida amalga oshishi mumkin.
Dibala faoliyatining boshida Argentinada "Instituto" klubi safida o'ynagan. 2012 yildan beri esa hujumchi Italiya A Seriyasida to'p tepib kelmoqda. U "Roma"dan tashqari "Palermo" va "Yuventus" jamoalarida o'ynagan.



