

Serbiyalik murabbiy bu erga "Lokomotiv" futbol klubi bilan tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad, milliy terma jamoaga nomzod futbolchilarni kuzatish. Xabaringiz bor, terma jamoamiz shu oyning o'zida ikkita rasmiy uchrashuv o'tkazadi: Filippin va Bahraynga qarshi. Mana shu o'yinlarga qaysi klubdan kimni chaqirish borasida murabbiylar selekciya ishlarini olib borishmoqda.
Ertaga bo'lib o'tadigan "Sepaxon" - "Lokomotiv" uchrashuvida Jurjevich "Loko"dan Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Server Jeparov, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, shuningdek raqib jamoadan Fozil Musaevning o'yinini kuzatib boradi.




