

Eslatib o'tamiz, o'yinning 58-daqiqasida Arteta bir yo'la to'rtta yangi futbolchini maydonga tushirgan, xususan, jamoa sardori Martin Edegorni Mikel Merinoga almashtirgan edi.
"To'g'risini aytsam, men shokka tushdim. O'sha paytda hisob 1:2 edi va bu MYUning ikkinchi goliga nisbatan betartib reakciyadek tuyuldi. Bu stadiondagi muxlislarni ham hayajonga solib qo'ydi.
Murabbiy sardorni zaxiraga oldi va Martin bundan unchalik mamnun emasdek ko'rindi. Bu men uchun haqiqiy kutilmagan holat bo'ldi, chunki Edegor - bizning pleymeykerimiz va uning kyetishi hamma narsani o'zgartirib yubordi. Deklan Rays ortga qaytishga majbur bo'ldi, maydonga tushgan Eze esa hozircha "Arsenal"da hech narsa ko'rsata olmayapti.
Bu g'alati qaror edi. Bir vaqtning o'zida to'rtta yangi o'yinchining tushishi jamoa ritmini buzib yuboradi", - dedi Simen "Premier League Productions" efirida.



