David Luis Konte haqida: "U bilan doim janjallashardik"

Mirjalol Normatov
26 dek 2025
"Chelsi" sobiq futbolchisi David Luis London klubida birga ishlagan murabbiyi Antonio Konte bilan ishlagan vaqtlarini yodga oldi.

Ayni damda "Napoli"ni boshqarayotgan italiyalik murabbiy 2016-2018 yillarda "Chelsi"ni boshqargan.

"Chelsi"da o'ynaganimda u bilan doimo janjallashardik, lekin ikkimiz ham bir narsani istardik.

Uning jahlini ko'p chiqarganman, deb o'ylaganman. Lekin biz keyin APL va Angliya Kubogini yutdik. Yevropaga qaytishimdan oldin u meni "Napoli"da ko'rishni istayotganini aytdi.

U menga huddi men kabi kuch-g'ayratga to'la, aqlbovar qilmas futbolchi kerakligini tushuntirgandi. Lekin yakunda men u erga bormadim. Chunki menda Yevropa pasporti yo'q edi", - dedi braziliyalik futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport