Daniya - Tunis uchrashuvida rekord qayd etildi

Mirjalol Normatov
22 noya 2022, 21:35
Bugun JCH-2022ning 1-turi doirasida Daniya - Tunis uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda tomonlar nursiz durang qayd etishdi, 0:0. Shuni alohida takidlash lozimki, bahs davomida ikki gol offsayd sababli inobatga olinmadi.

"Opta" xabariga ko'ra, ushbu uchrashuv davomida burchakdan to'p uzatilganidan keyin 15 marta darvoza tomon zarba yo'llangan. Bu esa jahon chempionatlari tarixidagi rekord natija hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta