Daniya terma jamoasi himoyachisi faoliyatini "Tottenxem"da davom ettiradi

Alisher
6 iyul 2021, 12:18
Daniya terma jamoasi va "Sautgempton" himoyachisi Yannik Vestergor "Tottenxem"ga o'tishi mumkin.

"Shporlar" himoya chizig'ini kuchaytirishni xohlashmoqda va 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashmoqchi.

London klubi shuningdek Vestergorning vatandoshi bo'lgan va "Lion"ga tegishli bo'lga Yoakim Andersenga ham qiziqish bildirmoqda.

Vestergor 2020/21 yilgi mavsum "Sautgempton" tarkibida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Times