Dani Alves kim tufayli PSJga o'tganini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017
PSJ himoyachisi Dani Alves parijliklar safiga o'tishda so'nggi mavsum faoliyatini yakunlagan Maksvell unga qaror qabul qilishda yordam berganini aytdi.

"Maksvell - PSJ futbolchisiga aylanishimga sababchi bo'lganlardan biri. U meni bu klubga o'tishga ko'ndirgan. Bu yerda do'stlarim ko'p. Do'stlar doimo o'z safiga qo'shilishni so'rashadi. Maksvell, Silva, Markinos, Lukas va Mottalar bilan birga o'zimni uydagidek his qilyapman. PSJda braziliyalik futbolchilarga bog'liq ananalar ko'p. Bu klubning braziliyaliklar bilan aloqasini kuchaytirmoqchiman" - deydi Alves.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal