SSKA afsonasi Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi

Khoja
19 sen 2024, 11:00
SSKA afsonasi Evgeniy Aldonin Abbosbek Fayzullaev haqida fikr bildirdi.

"Abbos SSKA bilan mavsum oldi mashg'ulotlarini to'liq o'tkazmadi. U bor e'tiborini olimpiya o'yinlariga qaratgandi. U avvalgi mavsumdagi darajasiga chiqmadi.U yosh va uning bu davrdagi harakatlarida doim ko'tarilish va pastlash bo'ladi. U yana avvalgi sport formasiga qaytadi. 

Menimcha, Abbos mavsumning qolgan qismida avvalgi sport formasiga qaytadi va biz bilan Abbosning o'yinlarini ko'rsatadi. Uning futbol bilimi ancha kuchli. Agar jismoniy holatida muammo bo'lmasa, Abbos hali ancha kuchayadi", - dedi Aldonin.

Ma'lumot uchun, Evgeniy Aldonin mosvakliklar safida 2003-2014 yillar oralig'ida harakat qilgan. U shu vaqt orasida SSKA safida 315 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U jamoa bilan ikki karra Rossiya chempionligini, besh karra Rossiya kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, u jamoa safida Yevropa ligasi g'olibligini ham qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: sportbox.ru