"Chelsi" "Yokohama" bilan shartnomani uzaytirmaydi

Mirjalol Normatov
24 yanv 2020
"Yokohama" kompaniyasi "Chelsi"ning titul homiysi bo'lmaydi.

Tomonlarning 2020 yilga qadar imzolangan shartnomasi uzaytirilmadi. "Chelsi" ayni damda yangi titul homiy izlamoqda.

"Yokohama" o'z navbatida "Chelsi" bilan boshqa yo'nalishlarda hamkorlikni davom ettiradigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 2015 yilda tomonlar 5 yilga mo'ljallangan 200 million funtga teng bo'lgan shartnomaga imzo chekishgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal