"Chelsi" futbolchisi "Al Nassr"ga o'tishga yaqin

Khoja
27 iyul 2025, 10:42
"Chelsi" yarim himoyachisi Joau Feliks faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga "Al Nassr" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Kelishuv 24-48 soat ichida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, futbolchi "Benfika"ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Feliks 2024/25 yilgi mavsum "Chelsi" va "Milan" safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com