"Chelsi" yetakchisi ECHLning navbatdagi turida maydonga tushmaydi

Khoja
9 dek 2025
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska yarim himoyachi Koul Palmer Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligini e'lon qildi.

"Hozirda bu ish jarayonining bir qismi. U uch kun ichida ikkita o'yinda maydonga tusha olmaydi, shuning uchun biz uning "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligini rejalashtirganmiz. Bu uni himoya qilishning bir usuli", dedi Mareska.

"Chelsi"ning "Bornmut"ga qarshi so'nggi o'yinida (0:0) Palmer asosiy tarkibda maydonga tushdi va 58-daqiqada zaxiraga olindi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru