"Chelsi" "Atalanta" himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025
"Chelsi" bosh murabbiylari Italiyaning "Atalanta" klubi himoyachisi Jorjio Skalviniga qiziqish bildirmoqda.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, London klubi ushbu yozda Bergamo klubi bilan o'tgan mavsumning katta qismini jarohati tufayli o'tkazib yuborgan 21 yoshli italiyalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishmoqchi. Bergamoliklar yosh himoyachini sotishni istamayapti, ammo 40 million evro fikrni o'zgartirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Jorjio Skalvini o'tgan mavsum "Atalanta" tarkibida Italiya chempionatida bor-yo'g'i 6 o'yinda maydonga tushib, gol urmagan va 2 ta sariq kartochka olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb