

"A" guruhi bahslari Toshkentda, "B" guruhi esa Bishkekda bo'lib o'tadi. Taqvimga ko'ra, O'zbekistonda 1-tur bahslari 11 iyun, 2-tur 14 iyun hamda 3-tur uchrashuvlari 17 iyunda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Qirg'iz Respublikasida esa guruh o'yinlari 10, 13 va 16 iyun kunlari o'tkaziladi.

Har bir guruh g'olibi finalda, ikkinchi o'rin sohiblari esa uchinchi o'rin uchun bahsda to'qnash kelishadi. Final va 3-o'rin uchun o'yinlar 20 iyun sanasida Toshkentda bo'ladi.



