"Buxoro"ning Tojikistondagi yig'iniga yakun yasaldi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2023, 15:15
Chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Xo'jand shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borgan jamoa bugun Buxoroga qaytib keldi.

"3 kunlik qisqa tatildan so'ng jamoamiz a'zolari 20 sentyabrdan klub qarorgohida yig'ilib, navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi", – deyiladi klub xabarida. 

Eslatib o'tamiz, "Buxoro" jamoasi keyingi tur uchrashuvini 27 sentyabr kuni safarda Farg'onaning "Neftchi" klubiga qarshi o'tkazadi. Klub ayni paytda 14 ochko jamg'arib, 12-o'rinni band etib turibdi.  

Oldinroq "Buxoro" Tojikiston klubi bilan durang o'ynagani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати