"Buxoro" va "Andijon" stadionlariga VAR texnikasi o'rnatildi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026, 14:22
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimini joriy etish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.

Ayni paytda "Buxoro" hamda "Andijon" jamoalarining uy stadionlariga VAR texnikasini joylashtirish va sozlash ishlari to'liq yakunlandi.

Rejaga muvofiq, “So'g'diyona” klubi stadioni ham navbatdagi bosqichda mazkur tizim bilan jihozlanadi.

Mazkur jarayon hakamlik qarorlarining aniqligini oshirish va uchrashuvlarni zamonaviy talablarga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати