"Buxoro" rossiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2018, 15:36
"Buxoro" ko'rigida bo'lgan rossiyalik legioner Larinov Vlad Yurievich kuni kecha rasman jamoa a'zosiga aylandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Moskvaning "Solyaris" klubida yarim himoyachi ampluasida to'p tepgan Vlad "Buxoro" jamoasi bilan shartnomani imzoladi.

"Unga jamoada boshlagan yangi faoliyatida omad tilaymiz", - deyiladi buxoroliklar matbuot xizmati bergan xabarda.



"Buxoro" PFK matbuot  xizmati


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Бухоро" ПФК матбуот хизмати