"Bunyodkor"dan ketgan darvozabon faoliyatini Osiyoda davom ettiradi

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2025, 08:15
O'tgan mavsumda "Bunyodkor" darvozasini qo'riqlagan Marin Lyubich qishki transferlar oynasida jamoani tark etgan edi.

Xorvatiyalik kiper faoliyatini Bahrayn chempionatida davom ettiradigan bo'ldi. Futbolchi "Ist Riffa" jamoasi bilan 6 oylik shartnoma imzoladi. Ma'lumot uchun, Lyubich 2024 yil "qaldirg'ochlar" safida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va 19 ta to'p olib chiqdi, 4 ta uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia