"Bu senga sovg'a, Zlatan!". Ibra tug'ilgan kuni sharafiga avtomobil sotib oldi

Mirjalol Normatov
4 okt 2020, 12:41
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich kecha o'z tug'ilgan kunini nishonladi.

Futbolchi instagramda tug'ilgan kuni sharafiga qanday sovg'a sotib olganini ko'rsatdi.

"Tug'ilgan kun bilan, Zlatan! Bu senga sovg'a", - deb yozadi futbolchi.

Kecha 39 yoshga to'lgan Zlatanning qo'ygan rasmida "Porshe" mashinasi aks etgan.

Ushbu mavsumda Ibragimovich 2 o'yinda 3 gol urdi. Uning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakunlanadi. Oldinroq unda koronavirus aniqlangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal