"Borussiya" APLdan 25 mln evroga o'yinchi sotib olishi mumkin

Administrator
5 avg 2025, 21:36
"Borussiya" "Vulvs"ning hujumchisi Fabiu Silvaga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, ingliz klubi 23 yoshli hujumchi Fabiu Silva uchun 25 million evro talab qilmoqda. Nemis klubi esa Silvani o'z safida ko'rmoqchi va muzokaralarni davom ettiradi.

Silva o'tgan mavsumni "Las-Palmas"da ijara asosida o'tkazdi. La Ligada portugaliyalik futbolchi 24 ta o'yinda 10 ta gol urdi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia