"Bolonya" Arnautovich bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi

Alisher
29 apr 2021, 12:40
"Shanxay SIPG" forvardi Marko Arnautovich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Bolonya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich bir necha yillardan buyon 32 yoshli avstriyalik futbolchini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

O'yinchining Xitoy klubi bilan yozda shartnomasini buzishi va "Bolonya"ga erkin agent maqomida qo'shilishi kutilmoqda.

Arnautovich Xitoy klubi safida 37ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport