

"Jirona" o'zining rasmiy saytida himoyachi Deyli Blind bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Tomonlar 2 yillik shartnoma imzolashdi.
Futbolchi "oq-qizillar"ga tekinga o'tdi.
U iyun oyida erkin agentga aylangandi.
Niderlandiyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Bavariya" tarkibida o'tkazdi. 33 yoshli himoyachi Myunxen klubi safida 5 ta o'yinda maydonga tushdi.



