Bir necha yosh futbolchi MYUda Ronaldu bilan til topisha olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2022, 09:35
Krishtianu Ronalduning jamoadoshlari bilan munosabati ideal holatda emas.

Bir necha yosh futbolchining fikricha, portugaliyalik hujumchi bilan til topishish qiyin. 

Qayd etilishicha, hatto ingliz tilida gapirishda qiynaladigan Edison Kavani ham Krishtianuga qaraganda jamoadagilarga yaxshiroq qo'shilib ketgan. 

Bazilar esa Ronaldu o'z vatandoshlari Brunu Fernandesh va Diogu Dalot bilan yaqin munosabati, jamoa kiyinish xonasidagi birdamlikka ta’sir qildi deb hisoblaydi. 

Bundan tashqari, Ronalduning "yoshlar tanqidni qabul qila olmaydi" mazmunidagi fikri jamoaning bazi futbolchilariga yoqmagan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Athletic