"Betis" Belerinni sotib olganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2023
"Arsenal" va "Barselona" sobiq himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini "Betis"da davom ettiradi.

28 yoshli ispaniyalik bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Shu yozda uning Lissabonning "Sporting" klubi bilan kelishuvi yakuniga etdi.

Himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda "Betis"da ijara asosida o'ynagandi. Keyin esa jamoa safida 32 ta o'yin o'tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realbetisbalompie.es