“Beshiktosh”ning to'rtta o'yiniga faqat ayollar va yosh bolalar muxlislik qilishadi
Tolibjon Qosimov
10 okt 2013
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi ichki chempionat doirasida o'z uyida bo'lib o'tadigan to'rtta o'yinni katta yoshdagi erkak muxlislarsiz o'tkazadi. Mazkur o'yinlarga faqatgina ayollar va yosh bolalar muxlislik qilishlari mumkin, deb xabar beradi Goal.com.