"Liverpul" futbolchisini mavsum oxirigacha yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2026, 14:09
"Liverpul" klubi rasmiy sayti o'ng qanot himoyachisi Konor Bredlining jiddiy jarohat olganini ma'lum qildi.

22 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi uchrashuv so'nggi daqiqalarida jarohat olgandi.

Klub bayonotiga ko'ra, yaqin kunlarda Bredli jarrohlik amaliyotini o'taydi, shundan so'ng "qizillar"ning mashg'ulot markazida tiklanish jarayonini boshlaydi. Hozircha uning maydonga qachon qaytishi bo'yicha aniq muddat aytilmagan.

"Sky Sports" ma'lumotlariga qaraganda, himoyachi joriy mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Konor Bredli joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Liverpul" bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports