Bernat PSJdan "Benfika"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2023, 11:37
PSJning ispaniyalik himoyachisi Xuan Bernat Fransiya chempionatidan Portugaliyaning Primeyrasiga ko'chib o'tadigan bo'ldi.

30 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida Lissabonning "Benfika" klubida harakat qiladi, bu haqda "burgutlar" matbuot xizmati ma'lumoi berdi. 

Bernat – "Valensiya" tarbiyalanuvchisi. U Parij klubiga 2018 yilda borib qo'shilgan.

Himoyachi o'tgan mavsum parijliklar tarkibida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: slbenfica.pt