Bernardu Silva La Liga top-klubiga o'tmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2026
"Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva ushbu mavsumdan keyin klubini o'zgartirishga tayyor.

"Diario As" nashrining xabar berishicha, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ni tark etib, "Barselona"ga o'tishga moyil. Silva Kataloniya klubiga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin.

Avvalroq OAVda PSJ, "Yuventus" va "Benfika" ham xavbekka qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Bernardu Silva joriy mavsum "shaharliklar" libosida 30 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario As