Berdiev Sarkisyanning rekordini takrorladi

Alisher
25 dek 2021, 18:20
Bugun 2021 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. 

Shunday qilib, Ro'ziqul Berdiev beshinchi marta mamlakatimizda tengsiz bo'ldi. "Nasaf" ustozi 2013, 2016, 2017 va 2020 yillarda ham eng yaxshi bo'lgandi. 

Ma'lumot uchun, bu borada rekord "Neftchi" klubi sobiq ustozi Yuriy Sarkisyanga tegishli edi. Murabbiy besh marta O'zbekistonda eng yaxshi bo'lgandi. Berdiev bugun Sarkisyanning rekordini takrorladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia