Berbatov: "MYUning Yevropa ligasiga tushib kyetishi fojea emas"

Mirjalol Normatov
8 dek 2020
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov mankunianliklarning "Leyptsig"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Odamlar "Leyptsig"ga yaxshi baho bermayotgani meni tashvishga solyapti. Garchi o'tgan o'yinda 5:0 hisobida yutgan bo'lishiga qaramasdan, MYUda katta muammolar bo'lishi aniq. O'z navbatida "Leyptsig" ham qo'lidan kelganicha pley-offga chiqish uchun intiladi.

Jamoaning murabbiyi ajoyib. MYU esa safardagi o'yinlarni yaxshi o'tkazyapti. "Yunayted" juda ideal o'yini orqaligina guruhdan chiqishi mumkin.

Guruh bosqichidan chiqa olmasa ham fojeali holat bo'lmaydi. Chunki MYU o'tgan mavsum YCHL finalida o'ynagan jamoa emas. Quvonarlisi, guruhdan chiqish MYUning qo'lida", - dedi Berbatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal