Belarusdagi futbol o'yini 50:0 hisobida yakunlandi

Alisher
4 may 2024, 20:57
Belarus sport vazirligi ligasi ikkinchi tur doirasida "Miori" jamoasi "Rossoni"ni 50:0 hisobda taslim etdi.

O'yin 4 mayda bo'lib o'tdi. Mezbonlar mehmonlarga javobsiz 50ta gol urishdi - ilk bo'limda 24ta, ikkinchisida 26ta.

Sport vazirligi ligasi - Belarus chempionatining kuch jihatidan uchinchi divizioni.

Belarus futbol federatsiyasi 4 may kuni 6 mayda ligani o'tkazish formati bo'yicha ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lishini ma'lum qildi. Shu sabab bungacha o'tkazilgan o'yinlar turnirdagi ahamiyatini yo'qotishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia