Belarus chempionatida ilk marta ayol bosh murabbiy tayinlandi

Mirjalol Normatov
4 avg 2021
Belaruslik mutaxassis Elena Adamchuk "Prujani" jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Shu orqali u Belarus chempionatlarida jamoa boshqaruvini qo'liga olayotgan ilk ayol bosh murabbiyga aylandi.

Ayni damda "Prujani" jamoasi 9 ochko to'plagan holda Sharqiy-Brest divizioni zonasida 6-o'rinni egallab turibdi. Yetakchi "Malorita" hisobida esa 28 ochko bor.

Bunga qadar Adamchuk "Neman", "Nadejda" va "Viktoriya" kabi jamoalar tarkibida, shuningdek, Belarus ayollar termasi safida ham maydonga tushgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bytribuna.global.ssl.fastly.net