Bayramingiz muborak bo'lsin aziz bolajonlar!

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2018, 08:52
O'tgan asrning 50-yillaridan beri har yili yoz oyining birinchi sanasi xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida (1 iyun - Xalqaro bolalar kuni) er kurrasi bo'ylab turli shiorlar ostida keng nishonlab kelinadi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mexr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misoli.

Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog'ida ham o'z ifodasini topgan. Unda er shari barchamizning umumiy uyimiz xisoblansa, atrofidagi bolalar esa baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi. Yozning birinchi kuni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kelajagimiz egalari uchun turli koncertlar, ko'rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o'tkaziladi. Istrohat bog'lari esa bolalarning tabassumlari bilan go'yoki mo'jizalar dunyosiga aylanadi. Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O'zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mamlakatimizda ushbu kunda bolalar uchun ko'plab tadbirlar, bayram tomoshalari uyushtiriladi. Markaziy istirohat bog'lari o'zlarining o'yingohlari, bolalarni hursand qilish uchun tayyorlangan barcha imkoniyatlar bilan o'z bag'rini ochib kutib oladi.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN AZIZ BOLAJONLAR!



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia