"Bavariya" xavbeki Evro-2024da o'ynamasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 may 2024
Leon Gorecka Germaniya terma jamoasi qaydnomasidan joy olmasligi ehtimoli bor.

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Leon Gorecka o'z vatanida o'tadigan Evro-2024 musobaqasida qatnashmasligi mumkin, deya xabar berdi "Sky Germany".



Qayd etilishicha, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Goreckaning jamoadoshi Aleksandr Pavlovichni mart oyidagi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirgan va Nagelsmann Goreckaga umid bog'layaptimi yoki yo'qligi noma'lum.

Leon Gorecka joriy mavsum "Bavariya" safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Germany