"Bavariya" Laymer bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyun 2023, 17:50
"Bavariya" yarim himoyachi Konrad Laymer erkin agent sifatida jamoa safiga kelib qo'shilganini e'lon qildi.

Klub 26 yoshli futbolchi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

2022/23-yilgi mavsumda futbolchi "RB Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 29 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi. Shuningdek, avstriyalik "buqalar" safida Germaniya Kubogi sohibiga aylandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fcbayern.com