

Bavariya joriy mavsum boshlanishidan oldin turk bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan edi, keyinchalik futbolchining o'zi ham buni tasdiqlagan. Myunxenliklar xavbekni yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida yana o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin. Shuningdek, 31 yoshli futbolchiga Angliyaning Nyukasl klubi ham qiziqish bildirmoqda. Xakan Chalxanoglu 2021 yilning yozidan buyon Inter sharafini himoya qilib kelmoqda. Tajribali yarim himoyachining neradzurrilar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.



