"Bavariya" himoyachi Stanishich bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
16 okt 2021, 11:30
"Bavariya" himoyachi Yosip Stanishich bilan shartnomani uzaytirdi.

21 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2025 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Stanishich 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushdi.

Himoyachi 2021 yilning aprelida myunxenliklar tarkibida Germaniya chempionati 28-tur doirasidagi "Union" (1:1)ga qarshi o'yinda debyut qildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN