Bastoni "Barselona"ning qiziqishlari haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
19 dek 2025, 01:29
"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona" tomonidan bo'layotgan qiziqishlar haqida gapirdi.

Oldinroq u Kataloniya klubida Ronald Arauxoning o'rniga nomzod sifatida ko'rilayotgani aytilgandi.

"Bunday paytda meni yodga olishgani, albatta, xursand qiladi. Lekin bu mening ishlarim zo'r, ularniki yomon degani emas. Yangiliklarni kuzatib bormayman", - dedi Bastoni jurnalist Fabricio Romanoga.

Bastoni ushbu mavsumda barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 1 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano