Bashar Resan "Paxtakor"da qoladimi?

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025
Hujumkor yarim himoyachi Bashar Resan yangi mavsumda ham "sherlar" sharafini himoya qiladi.

Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

"Bashar Resan 2026 yilgi mavsumni "Paxtakor"da o'tkazadi", – deyiladi xabarda.

28 yoshli iroqlik futbolchi joriy mavsum 31 o'yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt portali uni 700 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia