"Barselona"da Xulian Alvares ehtimoliy transferi haqida fikr bildirildi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026, 14:19
"Barselona" sport direktori Deku "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

"Hali ko'p narsa noaniq, chunki 3 oy - bu juda uzoq muddat. Biz hozirgi paytga e'tibor qaratishimiz, oldimizda turgan barcha narsalarni qanday engishimizni ko'rishimiz kerak. Har joyda yaxshi o'yinchilar bor, bizda ham", – dedi u.

26 yoshli argentinalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 42 o'yinda ishtirok etib, 16 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali uni 100 million evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal