"Barselona" vadasining ustidan chiqa olmadi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2025, 23:43
"Barselona"ga yana Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berishmadi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq sud Kataloniya klubiga ispaniyalik yarim himoyachini mavsumning ikkinchi qismiga ro'yxatdan o'tkazishni rad etgan edi. "Barsa" ushbu qaror bo'yicha apellyaciya bergandi.

Bugun Barselonaning 47 raqamli birinchi instanciya sudi yana Olmo va Pau Viktorlarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bermadi. Endi Kataloniya klubi bu futbolchilarni "Kamp Nou"dagi VIP joylar sotilishidan so'ng ro'yxatdan o'tkaza oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo