"Barselona" va "Real" Ispaniya terma jamoasi posboni uchun kurashadi

Alisher
29 mar 2025, 16:04
"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya top-klublar e'tiboriga tushdi.

Qayd etilishicha, futbolchini "yarim Yevropa" kuzatmoqda. Futbolchini "Atletiko", "Barselona", "Real", PSJ va "Bayer" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Garsiyaning mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Oldinroq, "Espanol" o'z darvozaboni uchun kamida 30 mln evro olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Joan Garsiya bu mavsum "Espanol" safida 27 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 39ta to'p olib chiqdi. Darvozabon hisobida to'rtta "quruq" o'yin bor. Transfermarkt portali ispaniyalikni 20 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: as.com