“Barselona” prezidenti karantinga olindi

Eldor Akmurzayev
20 okt 2020
Kataloniyaliklar rahbari Xosep Bartomeu Chempionlar Ligasi ilk turidan o'rin olgan “Ferencvarosh”ga qarshi bahsni bevosita stadiondan kuzatolmaydi.

U koronavirus testi ijobiy chiqqan qarindoshi bilan aloqada bo'lgani bois karantinga olingan. Bartomeu COVID-19'ga topshirgan ilk tahlili esa salbiy natija berdi va u hozirda 2 test javobini kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Ferencvarosh" bahsi Toshkent vaqti bilan 21 oktyabrga o'tar kechasi, soat 00:00 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Mundo Deportivo