

"Messiga haykal o'rnatish kerak, men unga hurmat ko'rsatishni xohlardim. Biz 2023 yilda uni qaytarib olishga harakat qildik, lekin Messi "Inter Mayami"ga o'tishni qaror qildi.
Biz uning qaroriga hurmat bilan munosabatda bo'ldik. Biz Leoga ko'p narsa berdik va u "Barselona"ga ko'p narsa berdi, shuning uchun u xayrlashuv o'yiniga loyiq. Messi shunchalik muhim figuraki, unga Kubala va Kroyff yonida haykal o'rnatish kerak", - deya Laportaning so'zlarini Mundo Deportivo keltirmoqda.



