"Barselona" Pikening o'rniga boshqa nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
1 dek 2020, 23:50
"Barselona" "Atletiko"ning braziliyalik himoyachisi Felipe Monteyroning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"AS" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini yarim yilga ijaraga olmoqchi. Felipe "Barselona" tarkibida Jerar Pikening o'rnini bosishi kutilmoqda. Oldinroq Pike jarohat olib, 4 oyga safdan chiqqani ma'lum qilingandi. Biroq "Atletiko" ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan va shu sababli muhim futbolchilarni ketkazib yubormoqchi emas.

Ushbu mavsumda 31 yoshli Monteyro "Atletiko" tarkibida 9 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS