"Barselona" Netoni yo'qotishi mumkin

Alisher
23 mar 2021
Darvozabon jarohat oldi.

"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli braziliyalik darvozabon mashg'ulotda jarohat olgan.

Jarohatning jiddiyligi va tiklanishning ehtimoliy muddati haqida keyinroq ma'lumot beriladi.

Eslatib o'tamiz, Netoning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com