

"Barselona" va Erik Garsiya tez orada yangi shartnoma imzolaydi. Ishonchli manba Fabricio Romanoning xabar berishicha, shartnoma kelgusi hafta imzolanadi. Kelishuv besh yilga mo'ljallangan bo'ladi.
Garsiya "Barselona" jamoasiga 2021 yilda qo'shilgan edi. Joriy chempionatda u 15 ta o'yinda maydonga tushib, bir marta gol urdi.



