"Barselona" "Gerta"ning 18 yoshli xavbekiga qiziqmoqda

Alisher
25 may 2020, 16:17
"Barselona" "Gerta" yarim himoyachisi Lazar Samarjichni kuzatmoqda.

18 yoshli o'yinchi Bundesliganing so'nggi turida o'zining debyut uchrashuvini o'tkazdi.

Xabar qilinishicha, kataloniyalik skautlar germaniyalik futbolchini Germaniya chempionatining 27-tur doirasidagi "Union" (4:0)ga qarshi o'yinda kuzatishgan.

Oldinroq, Lazar Samarjichga "Milan", "Atletiko" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgan edi.

Samarjichning "Gerta" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Berlin klubi futbolchini 2,5 million evro evaziga sotib yuborishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo