“Barselona B“ni jahon chempioni boshqaradi

Khoja
31 may 2025
“Barselona B“ jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

JCH-2002 sohibi Juliano Belleti jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma 1 yilga mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, Belleti 2023-24 mavsumning o'rtasida “Barselona B“ jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida kelgandi. Mutaxassis unga qadar “Kruzeyro“da yordamchi murabbiy va “San-Paulu“ning yoshlar murabbiyi sifatida ishlagan.

48 yoshli murabbiy futbolchilik faoliyati davomida 2004-07 yillarda “Barselona“ sharafini himoya qilgan. U Braziliya termasi bilan 2002 yilda JCHda g'alaba qozongan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com