"Barselona" 4-libosini namoyish etdi, unda emblema markazda joylashgan

Оқил Абдубарноев
27 yanv 2023, 23:34
"Barselona" joriy mavsum uchun to'rtinchi libosini taqdim etdi.

Sariq formada Kataloniya bayrog'i - Sanerani aks ettiruvchi qizil vertikal chiziqlar mavjud.

"Barselona" emblemasi libosning markazida joylashgan bo'lsa, Nike belgisi futbolkaning engiga ko'chirilgan. "Spotify" logotipi esa Kataloniya bayrog'i ostida joylashgan.

"Barsa" ushbu formada ilk bor 28 yanvar kuni "Jirona"ga qarshi La Liga o'yinida maydonga tushadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbarcelona.com